Yaxshilik ham “context window”ga bog‘liq.
AQShga endi ko‘chib kelgan paytimda buni o‘zim boshdan kechirganman.
Chet elda, ayniqsa tech yoki katta kompaniyalarda ishlaydigan o‘zbeklarga LinkedIn’dan yozasiz. Javob yo‘q. Intro so‘raysiz — qilmaydi. 15 daqiqa vaqt so‘raysiz — topolmaydi.
Shunda odamda: “O‘zbek o‘zbekka yordam bermasa, kim yordam beradi?” degan xafagarchilik paydo bo‘ladi.
Lekin vaqt o‘tib bir narsani tushundim: har bir insonning o‘z context window’i bor.
Ish, deadline, oila, bolalar, immigratsiya, moliya, yuzlab xabarlar, o‘zining muammolari. Ba’zida odam yordam berishni xohlaydi, lekin uning “context window”ida bunga shunchaki joy qolmagan bo‘ladi.
Men buni qabul qildim. Xafa bo‘lish o‘rniga, odamga qulay vaqtni topishga, qisqa va aniq yozishga, keyinroq yana murojaat qilishga harakat qildim.
Hozir esa o‘zim boshqa tarafdaman. O‘zbekistondan yozadigan odamlarga imkon qadar yordam berishga, intro qilishga, vaqt ajratishga harakat qilaman.
Lekin endi ikkinchi tarafni ham juda yaxshi tushunaman:
Yaxshi niyat cheksiz bo‘lishi mumkin. Context window esa cheklangan.
Ba’zida javob bermaslik — bepisandlik emas. Shunchaki insonning o‘z hayoti ayni paytda uning butun context window’ini egallab turgan bo‘ladi.
Post #423
1.25K
