TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1795 27.5K
“Qarz-qavola qildi”: qavola nima?

Qavola soʻzi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. Faqat qarz soʻzi bilan birga qoʻllanadi. U asli arabcha, asliyatda kafolat, javobgarlik; shartnoma maʼnolarini bildiradi.

Qarz-qavola iborasi yordam tariqasida olingan qarz, qarz-qurzni anglatadi:

Boyoqish Doʻsanov qarz-qavola qilib, inspektorga ming soʻm toʻgʻrilab berdi.
“Mushtum”.

Shu soʻz koʻpincha qarz-havola, qarz havola qildi kabi xato shakllarda ishlatiladi. Bu iboralar mazmunan xato. Havola ixtiyoriga topshirish, manba koʻrsatish kabi maʼnolarga ega. Qarz olinadi yoki beriladi, birovning ixtiyoriga topshirib yoki manba koʻrsatib yuborilmaydi. Qarzini bermay, birovga havola qilib yuborish esa boshqa narsa 🙃.

📌 Demak:

Qarz-qavola, qarz-qavola qildi ✅
Qarz-havola, qarz-havola qildi, qarz havola qildi ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →