TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #243 4.07K
🔥 Uzum yangi investitsiyalarni jalb qildi. Bahosi $2,3 mlrd dan oshdi

Uzum raqamli ekotizimi yangi kelishuvni yakunlab, O‘zbekistonga $130 milliondan ortiq xorijiy investitsiya jalb qildi.

Ushbu kelishuvda Ummon Sultonligining suveren investitsiya fondi yetakchi investor sifatida ishtirok etdi.

Bu SpaceX, Grab, Lucid va Credit Suisse kabi kompaniyalarga sarmoya kiritgan ko‘zga ko‘ringan investordir.

Endi bu salmoqli ro‘yxatdan o‘zbekistonlik kompaniya ham joy oldi.

Kelishuv doirasida ekotizimning dastlabki (pre-money) bahosi $2,3 milliardni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun: yaqindagina, 2025-yilning avgustida Uzum $1,5 milliardga baholangan edi. Kuchli o‘sish.

Aytgancha, ushbu raundda Uzumga avval ham sarmoya kiritgan VR Capital, Tencent va FinSight Ventures kompaniyalari ham qatnashdi.

Ko‘rinib turibdiki, ular dastlabki investitsiyalarning natijalaridan mamnun.

Men ularni tushunaman: 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Uzum 34 mln buyurtma va $500 mln GMVga erishdi, shuningdek, ilk bor ijobiy EBITDA qayd etdi.

Endi ekotizimning asosiy maqsadi — fintex va e-commerceni nafaqat yirik shahar aholisi, balki barcha uchun ochiq qilishdan iborat.

Yangi investitsiyalar aynan shu maqsadga yo‘naltiriladi.

Foto: Uzum

@beshtorr

#uzum #kompaniyalar #bitimlar
  • 🔥 21
  • ❤ 7
  • 👏 4
  • 🦄 3
  • 💯 1
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →