TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #137 2.93K
💲Uzum katta investitsiyalarni jalb qildi. Mana nima oʻzgaradi

O‘tgan hafta O‘zbekiston biznes olamida katta voqea yuz berdi — Uzum kompaniyalar guruhi qariyb $70 million investitsiya jalb qildi.

Eng qizig‘i, investorlardan biri Xitoyning Tencent kompaniyasi bo‘ldi. Bu dunyodagi eng yirik ilovalardan biri hisoblangan WeChat’ga egalik qiluvchi IT gigantdir.

Bundan tashqari, Tencent Tesla, Spotify, Meituan, Reddit, Nubank va boshqa global brendlarga sarmoya kiritgan. Endi bu ro‘yxatga O‘zbekiston kompaniyasi ham qo‘shildi.

Nima uchun aynan Uzum

Tencent tez rivojlanayotgan kompaniyalarga sarmoya kiritadi. Uzum shunday kompaniyalardan biridir.

Hozirda u oyiga 17 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega — bu O‘zbekistonning katta yoshli aholisining deyarli yarmi yoki mamlakatdagi barcha smartfon foydalanuvchilarining uchdan ikki qismidir.

Faqatgina 2025-yilning birinchi yarmida startapning yalpi tovar qiymati (GMV) $250 millionni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 1,5 baravar ko‘pdir.

Uzum Bank o‘tgan yilning avgust oyida Visa kartasini muomalaga chiqardi. Ushbu mahsulot doirasida 2 million karta chiqarilgan va yil oxirigacha ularning soni 5 milliondan oshishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, birinchi chorakda ta’minlanmagan kreditlash hajmi $200 millionni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 barobar oshdi.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Uzum $150 million dollar sof foyda oldi — bu o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga ko‘pdir.

Uzum yangi investitsiyalar bilan nima qiladi

Uzum sentyabr oyida depozit mahsulotini va o‘zining B2C mijozlari uchun uzoq muddatli (12 oydan ortiq) kredit liniyasini taqdim etish orqali fintex biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Uzum, shuningdek:

⏺ o‘z savdo bazasini kengaytirishni;

⏺ mavjud hamda yangi savdogarlarga QR-kodlar orqali to‘lovlarni qayta ishlash tizimi bilan yordam berish;

⏺ Visa kartalari dasturini kengaytirish;

⏺ mamlakatdagi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqishni mo‘ljallamoqda.

Bundan tashqari, Uzum o‘zining elektron tijorat biznesiga qo‘shimcha qiymatli xizmatlarni, shu jumladan reklamadan daromad olishga yordam beradigan yangi mahsulotlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, u kredit reytingi, firibgarlikdan himoya va shaxsiylashtirilgan foydalanuvchi tajribasiga sun’iy intellektni tobora ko‘proq joriy etish orqali moliyaviy infratuzilmasini yanada kengaytirish ustida ishlamoqda.

Eng qizig‘i, sentyabrda Uzum xalqaro savdogarlar uchun o‘z elektron tijorat platformasini ochishni rejalashtirmoqda, bunda dastlab Xitoy va Turkiya savdogarlari bilan ish boshlaydi.

Agar Uzum bularning barchasini amalga oshirsa, uning O‘zbekistondagi mavqei yanada mustahkamlanadi va biz O‘zbekistondagi birinchi milliy texnologik gigantga ega bo‘lamiz.

Foto: Uzum

@beshtorr

#uzum
  • 🔥 20
  • 👍 7
  • ❤ 4
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →