TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #277 2.14K
Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi

Amerikada trucking biznesi bilan shug‘ullanadigan o‘zbekistonliklar ko‘p.

United Group Logistics ham shunday kompaniyalardan biri.

U 2012-yilda atigi ikkita yuk mashinasi bilan ish boshlagan.

Hozir esa UGL Holding tarkibida 1 000 dan ortiq yuk mashina bor.

Biznes kattalashgani sari ish ham ko‘paygan. Shu sabab jarayonlarning bir qismini O‘zbekistonga olib kelishgan.

Natijada 2023-yilda Buxoroda Leaders Group Team paydo bo‘ldi. Bir yil o‘tib kompaniya IT Park rezidentiga aylandi.

Bu yerdagi jamoa AQShda yuk topadi, brokerlar va haydovchilar bilan ishlaydi, marshrutlar, hujjatlar va texnikani nazorat qiladi.

Hammasi Buxorodan turib.

2025-yilda kompaniya eksporti $963,5 ming bo‘lgan. 2026-yilning birinchi olti oyidayoq esa $1,43 mlnga yetdi.

Jamoa ham 150 kishigacha o‘sdi. Yaqinda kompaniya yangi autsorsing markazini ochdi.

Bu — BPO, ya’ni biznes jarayonlarini tashqaridan turib yuritish.

Bir necha yil oldin bu bozor asosan AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklarning bizneslari hisobiga o‘sardi. Endi esa tanish-bilish shart emas.

Mahalliy BPO kompaniyalari amerikalik mijozlarni o‘zlari topyapti va ular uchun dispatching, buxgalteriya, HR va boshqa jarayonlarni yurityapti.

IT Park ham bu yo‘nalishni rezidentlikka qo‘shdi va hududlarda ofis ochishga yordam bera boshladi.

Natijada hozir yangi eksportchi rezidentlarning deyarli har beshinchisi BPO yoki KPO bilan shug‘ullanadi.

Tashqi bozorga ishlaydigan 1 050 ta rezidentning 30 foizi Toshkentdan tashqarida, eksportning 54 foizi esa Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi.

Albatta, bu bozorda Hindiston, Filippin va Sharqiy Yevropa bilan raqobat bor.

Lekin O‘zbekistonda ham kuchli tomonlar yetarli: yoshlar ko‘p, jamoa saqlash xarajati pastroq, IT Park imtiyozlari esa biznes modelini yanada qulay qiladi.

Eng muhimi, BPO — dasturlash emas.

Ko‘p yo‘nalishlarda yaxshi ingliz tili bilan kirib, qolganini ishning o‘zida o‘rganish mumkin.

Shuning uchun bunday biznes faqat Toshkentda emas, deyarli istalgan viloyatda paydo bo‘lishi mumkin.

Ofis, internet, bir nechta xorijiy mijoz va o‘rganishga tayyor odamlar bo‘lsa — boshlash uchun yetarli.

O‘zbekiston uchun ayni muddao.

Foto: IT Park

@beshtorr

#texnologiyalar
  • 👍 20
  • ❤ 5
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  3. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  4. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  5. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
  6. Aug 13, 2026💲Özbekistonda investitsiyani qayerdan topsa böladi Uzoq vaqt davomida Özbekistonda invest…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →