🍇 Uzum 2025-yil yakunlarini chiqardi. Eng qiziq joyi — EBITDA
Uzum guruhi 2025-yil yakunlarini e’lon qildi.
Ulardan ko‘rinib turibdiki, avvalgi yondashuv “yana bitta servis ochamiz” bo‘lgan bo‘lsa, 2025-da fokus boshqacha: “bor servislarni odamlar ko‘proq joyda ishlata olsin”.
Buni eng yaxshi ko‘rsatgan misol — Uzum Tezkor: u 26 ta shaharga kirib keldi va mamlakat bo‘yicha eng keng tarqalgan xizmatga aylandi.
Ikkinchi misol — Uzum Market: buyurtma berish punktlari tarmog‘i 1 500 taga yetib, 450 ta aholi punktini qamrab oldi.
Ha, hatto 500–600 kishi yashaydigan joylarda ham marketpleysdan buyurtma olib ketish mumkin.
Bunga franshiza yordam berdi — istagan odam punkt ochib, shundan biznes qilib ketishi mumkin.
Umuman olganda, tovarlar aylanmasi yiliga 1,5 barobar o‘sib, $500 mlndan oshgan, buyurtmalar esa 34 mln+ bo‘libdi.
Bunday o‘sishning sabablaridan biri fintech bo‘ldi, chunki ekotizimda hamma narsa bog‘liq. Masalan, Uzum’da Uzum kartasi bilan to‘lansa, chegirma bo’ladi.
11.11 aksiyasida odamlar shu yo‘l bilan $400 mingdan ortiq pulni tejabdi.
Hozirda Uzum Market va Uzum Tezkor’dagi barcha buyurtmalarning 50 foizdan ortig‘i Uzum Visa kartasi orqali to‘lanayotgan ekan.
Kartalar soni ham qiziq: yaqinda 1,5 mln edi, hozir esa 4 mlndan oshib ketibdi. Bu O‘zbekistondagi ko‘plab an’anaviy banklarga qaraganda ko‘proq.
Yana bir katta raqam: muddatli to‘lov va mikroqarzlar 3 barobar o‘sib, $1,2 mlrdga yetgan.
Uzum Bank esa omonatlarni yaqinda boshlagan bo‘lsa ham, $50 mlndan ko‘proq jalb qilibdi. Hayron bo‘ladigan joyi yo‘q: foizlari baland, shartlari ham yomon emas — men ham u yerda hisob ochganman.
Ammo eng muhimi, Uzum e-commerce birinchi marta ijobiy EBITDA ko‘rsatdi.
Ya’ni operatsion model o‘zini qoplaydigan bo‘ldi va biznes endi tashqi investitsiyalarga tayanmay qo‘ydi.
Boshqa bozorlarda marketpleyslar odatda bunga 5–6 yil (ba’zan undan ham ko‘proq) sarflaydi. Uzum esa 3 yilda yetib kelibdi. Bizda hozirgi sur’atlar shunaqa.
@beshtorr
#uzum #ecom #fintex
Post #232
3.45K

- 🔥 27
- 👍 7
- 🤔 6
- ❤ 5
- 👏 3
- 😁 1