TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #138 2.22K
O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar. Iyul

App Store’da yana yangi yetakchi — Blink.

Bu xaritali ijtimoiy tarmoqqa o‘xshash narsa — do‘stlaringiz qayerdaligini ko‘rish va ular bilan suhbatlashish mumkin.

Blink hozir “trend”da, shuning uchun hamma yuklab olyapti.

Eng ommabop mahalliy ilova hamon Uzum Bank bo’lib qolmoqda.

Android foydalanuvchilari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular ChatGPT’ni eng ko‘p yuklab olishmoqda.

Uzum Market Instagramni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ha, Uzum guruhining ikkita loyihasi (bank va marketpleys) O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan milliy ilovalar hisoblanadi.

Ekotizim yaxshi o‘smoqda, bu yaqinda yangi investitsiyalar bilan tasdiqlandi.

Shuningdek, Yandex Go‘ni ham ta’kidlash lozim: iyunda ilova olti pog‘onaga, iyul oyida esa yana uch pog‘onaga yuqoriladi.

Asosiy sabab — yaxshi sur’atda o‘sishni davom ettirayotgan marketpleys.

Umuman olganda, bir oy ichida katta o‘zgarishlar bo’lmadi.

O‘zbekistonliklar doimo ko‘plab yuklab oladigan ilovalar deyarli o‘zgarmasdan qolmoqda — CapCut, Yandex Go, Instagram, ChatGPT, MyGov, Soliq.

@beshtorr

#mobayl
  • ❤ 7
  • 🔥 4
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →