TGViewer
Channel Public Channel
Astrum Academy

Astrum Academy

@astrumuz

ASTRUM - Uzbekistan’s first Programming academy offering unique study and career opportunities with Silicone Valley certification.

Our contacts:
☎️ +998 71 2024222
👨🏻‍💻 @astrum_community

Bizning manzil👇🏻
https://maps.app.goo.gl/9gN3UhFwCkm3zmXn9?g_
Subscribers
2.46K
Photos
1K
Videos
354
Links
591
Recent Posts 13 shown
Post #1644 3.6K
✨ Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! ✨

Yangi yilda sizga mustahkam bilimlar, raqamli kompetensiyalar va yuksak professional muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Axborot texnologiyalari sohasidagi izlanishlaringiz yangi g‘oyalar, samarali yechimlar va barqaror natijalar bilan boyisin.

🎄 Yangi 2026-yil barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Astrum IT Academy jamoasi 🚀

Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🎉 2
Post #1643 4.94K
🌟 Ustozlar — kelajakni yaratuvchilar! 🌟

Astrum IT Academy jamoasi sifatida bugun barcha ustozlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Sizning bilim va sabringiz tufayli minglab yoshlar orzularini ro‘yobga chiqarib, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirib kelmoqda.

📚 Siz o‘rgatgan darslar — kelajakdagi kashfiyotlar poydevori, siz bergan mehr — butun jamiyatni yorituvchi nurdir.

🤖 Bugun IT olamida yutuqlarga erishayotgan yoshlarimiz, sun’iy intellekt va yangi avlod robotlari ham sizning mehnatingiz samarasi.

✨ Rahmat sizga, aziz ustozlar! Siz bilan biz kelajakni birgalikda yaratamiz!

Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 9
  • 👏 4
Post #1642 3.97K

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

Faol xususiy AT akademiyalar taqdirlandi

🎉Taqdirlash marosimi ICTWeek 2025 doirasidagi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi doirasida tashkil etildi. Har bir akademiya oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib tegishli nominatsiya doirasida taqdirlanishdi.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
➡️Intention Academy — “AT eksport yo‘nalishidagi yetakchi o‘quv markaz”;
➡️Bilim Tech — “Bitiruvchilarini ishga joylashganligi bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️Mohirdev — “Tayyorlagan mutaxassislari soni bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️IT Hub Samarkand 1 — “O‘quvchilari soni bo‘yicha yetakchi o‘quv markaz”;
➡️MAAB Innovation — “Eng zamonaviy AT kasblarga tayyorlovchi yetakchi o‘quv markaz”.


😉“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumini Youtube kanalimizda toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qiling!

❗️Ma’lumot oʻrnida, “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi media hamkori Texnoplov va Profsoyuz agentligi hisoblanadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • ❤ 9
  • 🌚 5
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
Post #1641 19.6K
🤲 Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Astrum IT Academy jamoasi ushbu muborak kunda sizni va yaqinlaringizni chin dildan tabriklaydi!

Bu kun qalblarni poklaydigan, yaxshilik va saxovat taratadigan kun!
Ilm, ijod va texnologiya yo‘lida doim bardavom bo‘ling!

🕌 Barchangizga qutlug' ayyom muborak bo'lsin!

Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 😁 1
Post #1636 5.54K

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi?

⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi:
➡️Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish);
➡️Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt);
➡️Data Engineering (Ma’lumotlar muhandisligi).


💡Nega bu yoʻnalishlar muhim?
➡️Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi;
➡️Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi;
➡️Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi;
➡️Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi.


⬇️Ushbu yoʻnalishlarda quyidagi oʻquv markazlarida tahsil olish mumkin:
➡️Mohirdev;
➡️MAAB Innovation;
➡️Astrum akademiyasi.

👨‍👦‍👦Tobora rivojlanib borayotgan mehnat bozoridagi kunlik oʻzgarishlar, yoʻnalishlar kesimida aynan nimalarni oʻrganish kerakligi haqida uzbekcoders.uz saytida batafsil tanishib olishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • ❤ 2
Post #1635 4.61K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!

Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning AKT vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri, Tokiyo gubernatori va barcha boshqa tashkilotlari rahbarlari juda iliq kutib olishdi.

Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.

Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir 16 taga yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p bo’ldi. Tokiyoda ochilgan IT Park vakolatxonasi ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasidagi ko'rgazmada ilk bor Yaponiya pavilioni tashkil etiladi, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.

Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi Japan Digital University kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.

PS. Claude.ai tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 1
  • 🌚 1
Post #1634 3.76K

Forwarded from GameFest.Uz

🎬 Animatsiya afsonalari Toshkentga kelmoqda!

🎮 Game Fest 2025 sizlarni jahon animatsiya olamidagi mashhur studiyalar bilan uchrashuvga taklif etadi!

📍 16–17 may
📌 IT Park Complex, Toshkent

Sizni kutmoqda:
✨ Walt Disney Animation Studios, Lucasfilm Ltd va Cartoon - European Association of Animation Film vakillari

🎨 Ajoyib master-klasslar
🎥 Jahon darajasidagi loyihalar taqdimoti
🎮 Interaktiv zonalar

Eng mashhur studiyalarning sirlarini bilish, ilhomlanish va zamonaviy animatsiya dunyosiga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📲 Batafsil: gamefest.uz

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱 Linkedin
Post #1633 3.14K

Forwarded from GameFest.Uz

💡 Startaplar, texnologiya va real imkoniyatlar: IT Investments Center — GameFest 2025’da!

Bu stendda ikkita уo'nalish birlashadi - ITIC Game va ITIC Animation

🚀 IT Investments Center — bu texnologiyalar, investitsiyalar va yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar markazi.
Game va Animation yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar, mentorlar va kuchli networking

📅 16–17 may | 📍 IT Park Complex
🔗 Batafsil:
gamefest.uz

#GameFest2025 #ITIC #GameDev #VFX #Animatsiya #TechUzbekistan #Startaplar
Post #1632 2.75K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Barcha ishlarni Sun’iy Intellekt va robortlar qilsa, odamlar nima qiladi? Ko’proq vaqtlarini o’yin va dam olishga ishlatishlari aniq.

Shuning uchun ham Game and animation yo’nalishi yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar ochadi. Bu sohadagi dunyoning yetakchi ekspertlari Toshkentda yig’ilib, o'z tajriba va bilimlari bilan o’rtoqlashadilar.

Ular bilan tanishib, hamkorlik imkoniyatlarini qo’ldan boy bermang! Batafsil: www.gamefest.uz
Post #1631 3.12K
🎯 Ahmuratov Hasan — yosh va g‘ayratli startapchi

🚀 1-startapi:
Sartaroshlarni band qilish uchun ilova. $3000+ sarmoya kiritildi, ammo loyiha muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

🔄 2-startapi — Xaridor:
POS tizimi va do‘konlarni avtomatlashtirish uchun zamonaviy echim.
📦 22 ta faol mijoz
💵 Oylik daromad: $300

💼 Shu bilan birga, Hasan Redfox Studios’da Project Manager sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

🧠 Muvaffaqiyat har doim birinchi urinishdan bo‘lmaydi. Muhimi — harakat va o‘sish!

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/hlCLGi9j7gY

Astrum - Biz yangi yulduzlarni kashf etamiz! 🌟

Facebook | Instagram | YouTube
  • 🤣 12
  • 👍 6
  • ❤ 1
Post #1630 3.86K
🎓 Avval - Astrum, keyin Upwork, undan so‘ng - butun dunyo! 🌍

2003-yilda Yangiyo‘lda tug‘ilgan Bobur Ergashboev bugun — dunyo bo‘ylab xizmat ko‘rsatadigan frilanser.

👨‍💻 Astrum IT akademiyasida tahsil olib, u Upwork’da 48 ta loyihani muvaffaqiyatli yakunladi, 796 soat ishladi va $10 000+ daromad oldi.

“Astrum menga oʻzimga ishonishimga, haqiqiy bilim olishga va internetda pul ishlashga yordam berdi,” — deydi Bobur.

U bizning faxrli bitiruvchimiz! 💫
Siz ham o‘zingizning yo‘lingizni boshlang!


🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/8Wr6LI-YDwY

Astrum - Biz yangi yulduzlarni kashf etamiz! 🌟

Facebook | Instagram | YouTube
  • 🔥 4
  • 🤣 4
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🌚 2
  • 😁 1
  • 😢 1
Post #1629 3.93K
Middle paytingda qanaqa ekan -a?? 😅

Bilganlar 👇 izohlarda yozishsin 😁

Facebook | Instagram | YouTube
  • 🤣 21
  • 🌚 3
  • 😁 2
  • ❤ 1
Post #1624 3.56K

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyaga kadr tayyorlab bergani uchun "Astrum IT akademiya"si navbatdagi subsidiyani qoʻlga kiritdi

🔗"Astrum IT akademiya"si 2022-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Akademiya 14 xil yoʻnalishda mutaxassislarni tayyorlaydi. Akademiyani 2400 ga yaqin oʻquvchilar bitirgan boʻlsa, shundan 1000 ga yaqin oʻquvchilar eksportyor kompaniyalarga ishga joylashgan.

📊Subsidiya akademiyaga eksportyor kompaniya “WEAYAA” MChJʼga yuqori malakali muhandis-dasturchini tayyorlab bergani uchun taqdim qilindi.

🏷IT taʼlim rezidentlari diqqatiga, Siz ham "IT talents" dasturidan foydalanib har bir bitiruvchingiz uchun 35 million soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Buning uchun:
✅CRM platformasiga o’quvchilaringiz haqidagi maʼlumotni kiriting;
✅ uzbekcoders.uz saytidagi mehnat bozori tahlillari bilan tanishib, o'quv kurslaringiz qatoriga eng talabgir yo'nalishlarni qo'shing;
✅Ish beruvchining o'ziga xos talablari asosida o'quv dasturlaringizni takomillashtiring.


💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari sizga o‘quvchilar va ish beruvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashda ko‘mak beradi.

🤙Murojaat uchun: (71) 203-03-43 (104)

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • 🤣 5
  • 👍 4
  • ❤‍🔥 3
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @astrumuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Astrum Academy: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Astrum Academy have?
Astrum Academy (@astrumuz) has 2.46K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Astrum Academy know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →