🔗"Astrum IT akademiya"si 2022-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Akademiya 14 xil yoʻnalishda mutaxassislarni tayyorlaydi. Akademiyani 2400 ga yaqin oʻquvchilar bitirgan boʻlsa, shundan 1000 ga yaqin oʻquvchilar eksportyor kompaniyalarga ishga joylashgan.
📊Subsidiya akademiyaga eksportyor kompaniya “WEAYAA” MChJʼga yuqori malakali muhandis-dasturchini tayyorlab bergani uchun taqdim qilindi.
🏷IT taʼlim rezidentlari diqqatiga, Siz ham "IT talents" dasturidan foydalanib har bir bitiruvchingiz uchun 35 million soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Buning uchun:
✅CRM platformasiga o’quvchilaringiz haqidagi maʼlumotni kiriting;
✅ uzbekcoders.uz saytidagi mehnat bozori tahlillari bilan tanishib, o'quv kurslaringiz qatoriga eng talabgir yo'nalishlarni qo'shing;
✅Ish beruvchining o'ziga xos talablari asosida o'quv dasturlaringizni takomillashtiring.
💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari sizga o‘quvchilar va ish beruvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashda ko‘mak beradi.
🤙Murojaat uchun: (71) 203-03-43 (104)
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin




