TGViewer
Astrum Academy Astrum Academy @astrumuz · 2.46K subscribers
Post #1635 4.61K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!

Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning AKT vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri, Tokiyo gubernatori va barcha boshqa tashkilotlari rahbarlari juda iliq kutib olishdi.

Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.

Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir 16 taga yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p bo’ldi. Tokiyoda ochilgan IT Park vakolatxonasi ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasidagi ko'rgazmada ilk bor Yaponiya pavilioni tashkil etiladi, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.

Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi Japan Digital University kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.

PS. Claude.ai tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 1
  • 🌚 1
More from @astrumuz
  1. Dec 31, 2025✨ Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! ✨ Yangi yilda sizga mustahkam bilimlar, raqamli kompeten…
  2. Oct 1, 2025🌟 Ustozlar — kelajakni yaratuvchilar! 🌟 Astrum IT Academy jamoasi sifatida bugun barcha…
  3. Sep 29, 2025Faol xususiy AT akademiyalar taqdirlandi 🎉Taqdirlash marosimi ICTWeek 2025 doirasidagi “R…
  4. Jun 6, 2025🤲 Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin, azizlar! Astrum IT Academy jamoasi ushbu muborak kun…
  5. May 30, 2025Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi? ⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs…
  6. May 12, 2025🎬 Animatsiya afsonalari Toshkentga kelmoqda! 🎮 Game Fest 2025 sizlarni jahon animatsiya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →