TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #18376 5.71K
🌏 IT Park Uzbekistonning Tokioda vakillik ofisi ochildi

Yaponiya poytaxti Tokio markazida IT Park Uzbekistonning vakillik ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida IT sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

📌 Vakillik ofisini ochishning asosiy maqsadi — Yaponiya kompaniyalari bilan IT autsorsing, investitsiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, IT Park’ning imkoniyatlari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot berish hamda Yaponiya bozoridagi biznes hamkorlar uchun ishonchli aloqa nuqtasini yaratishdan iborat bo‘ldi.


✅ Tadbir davomida so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsin Abdurahmonov hamda Digital Knowledge kompaniyasi Boshqaruv kengashi raisi Haga Hiroaki tomonidan Yaponiya bilan hamkorlik orqali texnologik salohiyatni kengaytirish imkoniyatlari va vakillik ofisi bo‘yicha qutlov so‘zlari yo‘llandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/53818

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
More from @mitcuz
  1. Sep 26, 2026❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar ➡️Joriy yilning 28-sentabr kuni soat 11:00 da Jizzax…
  2. Sep 26, 2026🔘Digital Silk Road: turizmni raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirish masalalari muho…
  3. Sep 26, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi Oʻzbekiston - Yaqin Sharq texnologiyalar sammitid…
  4. Sep 26, 2026💬ICT WEEK: O‘zbekiston va Yaqin Sharq o‘rtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →