❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
➡️Joriy yilning 28-sentabr kuni soat 11:00 da Jizzax viloyati Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!
⚡️Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- Internet xizmati;
- mobil aloqa;
- telekommunikatsiya;
- pochta xizmati;
- AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
- IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- sun’iy intellekt.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
📍Sayyor qabul manzili: Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Oʻsmat shaharchasi, Baxmal tuman Madaniyat markazi binosi
Murojaat uchun telefon:
📞 +998 72 226-60-92
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #25005
3.81K
