💬ICT WEEK: O‘zbekiston va Yaqin Sharq o‘rtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlik muhokama qilindi
✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Uzbekistan – Middle East Tech Summit bo‘lib o‘tdi. Sammit O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir O‘zbekiston texnologik ekotizimini Yaqin Sharq davlatlarining investorlar, texnologik kompaniyalar va institutsional hamkorlari bilan bog‘lash, AT-xizmatlar eksportini kengaytirish, kompaniyalarning yangi bozorlarga chiqishi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muloqot maydoni bo‘ldi.
Bugungi kunda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga O‘zbekiston AT-xizmatlari eksportining qariyb 5 foizi to‘g‘ri keladi. Sammitda mazkur yo‘nalishda amaliy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/224764
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24984
1.56K









