TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67112 3.51K
⭐️⭐️⭐️⭐️

🎙OTM talabalari o‘rtasida “Munozara” debat bahslarining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 12-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda ilmiy dunyoqarash, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z fikrini erkin hamda dalillarga asoslangan holda ifodalash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Munozara” debat bahslarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining notiqlik mahorati, mustaqil fikrlashi, mantiqiy mushohada yuritishi va dalillar asosida o‘z pozitsiyasini himoya qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Shuningdek, munozaralar jarayonida fikrlar xilma-xilligiga hurmat bilan yondashish, xolislik va munozara madaniyatiga rioya etishga alohida e’tibor qaratildi.

📕Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:


1️⃣-o‘rin — Andijon davlat texnika instituti jamoasi;
2️⃣-o‘rin — Andijon davlat universiteti jamoasi;
3️⃣-o‘rinni — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi egalladi.

Hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan jamoani samimiy tabriklaymiz va navbatdagi bellashuvlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar, omad hamda zafarlar tilaymiz!

Mazkur intellektual bellashuvlar talaba-yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ular o‘rtasida sog‘lom fikr, erkin tafakkur va konstruktiv munozara madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
  • ❤ 3
More from @adu_uz
  1. Oct 14, 2026🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ “Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Yosh avlodn…
  2. Oct 14, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Andijon davlat universiteti rahbariyatining ota-onalar bilan ochiq muloqotl…
  3. Oct 14, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘ta olmagan sobiq bitiruvchilar diqqatiga…
  4. Oct 14, 2026#SavolJavob ❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 s…
  5. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿🇸🇪Andijon davlat universiteti yosh olimlari Shvetsiyada xalqaro t…
  6. Oct 14, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Andijon davlat universiteti rahbariyatining birinchi bosqich talabalari bil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →