⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
🇺🇿🇸🇪Andijon davlat universiteti yosh olimlari Shvetsiyada xalqaro tajriba orttirmoqda
Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ilg‘or ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Farhodbek Usmonov hamda Huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi v.b dotsenti Odibek G‘ulomjonov Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan MOCCA dasturi doirasida Shvetsiya Qirolligining Lund shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Lund universitetining ilg‘or ta’lim va ilmiy-tadqiqot tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tajriba almashish orqali universitet vakillari kasbiy mahoratlarini oshirib, Andijon davlat universitetida ta’lim sifatini yuksaltirish, xorijiy tajribalarni joriy etish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
30 kunlik malaka oshirish dasturi davomida ta’lim muassasamiz yosh olimlari Lund universiteti professorlari bilan uchrashuvlar, ilmiy suhbatlar va o‘zaro fikr almashuvlarda ishtirok etib, ilg‘or ta’lim va ilmiy-tadqiqot tajribalarini o‘rganish, shuningdek, Shvetsiyaning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor maskanlari va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67184
2.79K





- 🔥 6
- 👏 3
- 👍 1