TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67345 2.76K
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🅰 Yoshlar xavfsizligi — ustuvor vazifa

Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberjinoyatlarning xavf-xatarlaridan ogoh etish hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Andijon viloyati IIB JTSB boshlig‘i Ilhombek Nasriddinov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, qonunlarga hurmat va qonuniylikka rioya etish tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, internet makonida uchrayotgan tahdid va xavf-xatarlardan himoyalanish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Muloqot davomida talaba-yoshlarga internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish, bank kartalari bilan bog‘liq tovlamachilik holatlari hamda boshqa kiberjinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, shubhali havolalarga kirmaslik, maxfiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish va kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy ta’sirlar va huquqbuzarliklardan asrash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda qonunbuzarliklarning oldini olishda hushyorlik va mas’uliyatni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda raqamli muhitda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ❤ 5
More from @adu_uz
  1. Oct 17, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumi doirasida fakultet bosqich…
  2. Oct 17, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 👩 “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanloviga taklif etamiz! “ART & MUSIC P…
  3. Oct 17, 2026ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG! Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, ya…
  4. Oct 17, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Sobiq bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari o‘tkazildi…
  5. Oct 17, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bilan dual ta’lim istiqbollari…
  6. Oct 17, 2026Post #67398
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →