👩 “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanloviga taklif etamiz!
“ART & MUSIC PLANET” MCHJ tomonidan iqtidorli yoshlar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini namoyon etish hamda xalqaro ijodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!
Tanlovda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan musiqa va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, ijodkor ustozlar, erkin ijodkorlar, yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
🎭Tanlov yo‘nalishlari:
➡️Xoreografiya — milliy, zamonaviy va jahon xalqlari raqslari;
➡️Xonandalik — estrada, an’anaviy va akademik xonandalik, folklor, baxshichilik va xor jamoalari;
➡️Cholg‘u ijrochiligi — fortepiano, xalq cholg‘ulari, torli, damli va zarbli cholg‘ular;
➡️Teatr aktyorligi va askiya san’ati;
➡️Tasviriy va amaliy san’at, dizayn.
➡️Yosh toifalari: 5 yoshdan 40 yoshgacha hamda aralash guruhlar.
📑Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
➡️I bosqich — onlayn saralash: ishtirokchilarning video ijrolari va ijodiy ishlari asosida;
➡️ II bosqich — oflayn final: jonli ijro va amaliy ishlar orqali.
📅Arizalar va video ijrolar 2026-yil 20-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
🏆 Tanlov ishtirokchilari natijalariga ko‘ra diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Final bosqichida laureatlar aniqlanib, Gran-pri sohiblariga maxsus pul mukofotlari, statuetkalar hamda xalqaro festivallarda ishtirok etish uchun yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha:
☎️Telefon: +998 90 866 80 01
🍁Iste’dodingizni namoyon eting, ijodingiz bilan yangi marralarni zabt eting va xalqaro san’at maydonida o‘z o‘rningizni toping!
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
