TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67399 2.17K
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bilan dual ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 17-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Bexzod Axmedov universitetning 4-bosqich talabalari bilan uchrashib, dual ta’lim tizimining mazmun-mohiyati, istiqbollari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. Xususan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlashda dual ta’lim tizimining muhim o‘rni qayd etildi.

Muloqot davomida dual ta’limning talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, mehnat faoliyatiga moslashish hamda zarur tajriba orttirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyotda mas’uliyat va tashabbuskorlikni namoyon etish, kasbiy bilimlarni muntazam takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida talabalarga dual ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, amaliy ko‘nikma va kasbiy malakalarini rivojlantirish hamda kelgusida o‘z sohasining yetuk va raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishish uchun mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • 😍 3
  • ❤ 1
More from @adu_uz
  1. Oct 18, 2026🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅Bugun 18-oktyabr, yakshanba. 🌏Butunjahon ayollar baxti kuni. 🇺🇳Xalqaro b…
  2. Oct 17, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumi doirasida fakultet bosqich…
  3. Oct 17, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 👩 “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanloviga taklif etamiz! “ART & MUSIC P…
  4. Oct 17, 2026ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG! Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, ya…
  5. Oct 17, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Sobiq bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari o‘tkazildi…
  6. Oct 17, 2026Post #67398
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →