🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️
“Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yosh avlodni vatanparvarlik, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida “Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Andijon davlat universiteti vakillari ham munosib ishtirok etib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Tantanali ochilish marosimi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osoyishtaligiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67201
2.1K