TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67213 3.16K
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

🇺🇿🇧🇾ADU talabalari xalqaro ta’lim dasturi doirasida Belarusiyada

Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti talabalari akademik mobillik dasturi doirasida xorijiy ta’lim muassasasining o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xalqaro tajriba almashish maqsadida Belarus Respublikasida tashkil etilgan qisqa muddatli xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etmoqda.

Bugun, 14-oktyabr kuni talabalar Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida joylashgan universitetga tashrif buyurib, uning ta’lim muhiti, o‘quv jarayoni va faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, shahar bo‘ylab sayohat davomida Vitebskning tarixiy maskanlari, diqqatga sazovor joylari, o‘ziga xos me’morchiligi va boy madaniy merosini yaqindan o‘rgandilar.

Sayohat davomida talabalar shaharning tarixi, madaniy an’analari va zamonaviy hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, Belarus xalqining milliy qadriyatlari hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Akademik mobillik dasturlari yoshlarning kasbiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti talabalarining Belarus Respublikasidagi ishtiroki ularning ta’lim va madaniyat sohalaridagi xalqaro tajribasini boyitish, yangi bilim va taassurotlar orttirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ❤ 10
  • 👏 1
More from @adu_uz
  1. Oct 15, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 “Yoshlar kuni” doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi Bugun, 1…
  2. Oct 15, 2026Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administra…
  3. Oct 15, 2026🎗🎗🎗🎗🎗🎗 Ilmga bag‘ishlangan umr: Andijon davlat universitetida akademik Po‘lat Habibu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →