🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
“Yoshlar kuni” doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida universitet rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyev talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish hamda takliflarini tinglash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida rektor “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan iqtidorli yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish hamda xalqaro tajriba orttirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, talabalarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga, nufuzli xalqaro ta’lim dasturlari va loyihalarida faol ishtirok etishga hamda o‘z ustida muntazam ishlashga chaqirdi.
Ochiq muloqot davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Andijon davlat universitetida yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67273
2.28K







- ❤ 8
- 👍 1
- 💘 1