📖📖📖📖📖📖
“Pazandachilik” to‘garagi: talaba-qizlar mahoratini oshirmoqda
Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan turli yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun, 15-oktyabr kuni universitetning 5-sonli talabalar turar joyida “Pazandachilik” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. To‘garak rahbari Gulnozaxon Mirzayeva boshchiligida o‘tgan mashg‘ulotda talaba-qizlar somsa, turli salatlar va shirinliklar tayyorlab, pazandachilik borasidagi amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
Mashg‘ulot davomida talaba-qizlar taom tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib, pazandachilik mahoratlarini namoyon etdilar. Jarayon ularning o‘zaro tajriba almashishi, hamjihatlikda ishlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qildi.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67316
1.37K





- ❤ 5
- ❤🔥 1