TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67203 2.47K
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️

ADUda “Qizlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat universitetida viloyat hokimligi hamkorligida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida “Qizlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tantanali tadbir avvalida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Nigoraxon Yunusova hamda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sobiraxon Toshpo‘latova so‘zga chiqib, qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi faol ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, “Qizlar — kelajak bunyodkorlari” mavzusidagi chiqishlarda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, tashabbuskorlik hamda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan milliy liboslar namoyishi ham tashkil etildi.

Tadbir talaba-qizlar ishtirokidagi badiiy-musiqiy dastur bilan davom etib, yakunda faol, iqtidorli va tashabbuskor qizlar taqdirlandi hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi yutuqlar sari rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 1
More from @adu_uz
  1. Oct 14, 2026Andijon davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchr…
  2. Oct 14, 2026🇺🇿🇧🇾 АДУ талабалари халқаро таълим дастури доирасида Беларусда Айни кунларда Андижон д…
  3. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ❗RASMIY OGOHLANTIRISH Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliy…
  4. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿🇧🇾ADU talabalari xalqaro ta’lim dasturi doirasida Belarusiyada…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →