TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67231 1.65K

Forwarded from Andijon IIB | Rasmiy kanal

Andijon davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazilib, unda kiberjinoyatlarni oldini olish masalasiga ham alohida urg‘u qaratildi

Bugungi globallashuv va axborot oqimi jadal sur’atlarda kechayotgan davrda yoshlarni ilm-ma’rifat, sog‘lom dunyoqarash va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Bugun, 13-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida jaholatga qarshi kurashishda ilm-ma’rifatning o‘rni, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bu boradagi uchrashuvlarning yoshlar tarbiyasidagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, talaba-yoshlar o‘rtasida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet tarmog‘idagi firibgarliklardan himoyalanish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan "APK Qo‘riqchi" mobil ilovasining imkoniyatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Targ‘ibot davomida yoshlarga mazkur ilovaning afzalliklari, undan foydalanish tartibi va kiberxavflardan himoyalanishdagi ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, shubhali havolalarga kirmaslik, bank kartasi ma’lumotlari va SMS-kodlarni begonalarga oshkor qilmaslik, internet orqali kelib tushayotgan shubhali takliflarga nisbatan hushyor bo‘lish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari yoshlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirish, ularda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda kiberjinoyatchilik qurboniga aylanishining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
  • ❤ 3
More from @adu_uz
  1. Oct 15, 2026🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅Bugun 15-oktyabr, payshanba. 🌏Butunjahon qoʻllarni yuvish kuni. 🇺🇳Butunj…
  2. Oct 14, 2026🇺🇿🇧🇾 АДУ талабалари халқаро таълим дастури доирасида Беларусда Айни кунларда Андижон д…
  3. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ❗RASMIY OGOHLANTIRISH Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliy…
  4. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿🇧🇾ADU talabalari xalqaro ta’lim dasturi doirasida Belarusiyada…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →