TGViewer
Channel Public Channel
Andijon IIB | Rasmiy kanal

Andijon IIB | Rasmiy kanal

@andviliib

Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Subscribers
12.6K
Photos
29.7K
Videos
8.2K
Links
15.7K
Recent Posts 11 shown
Post #41170 557
"Payshanba — yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuxamedovning Xo‘jaobod tumanida ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv-muloqoti tafsilotlari

©️"Andijon MTRK" telekanali "Andijon " informatsion dasturi

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41169 1.05K
Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Andijon tumani hududida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi
—————
Андижон вилояти ИИБ Тезкор-қидирув хизмати ходимлари томонидан Андижон тумани ҳудудида олиб борилган тезкор-қидирув тадбирлари натижасида гиёҳвандлик билан боғлиқ ноқонуний ҳолатга чек қўйилди


🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41168 909

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishini ta’minlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini ishonch va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish bo‘yicha muhim tashabbuslari bilan ahamiyatli bo‘ldi. MDHning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tadi.
—
Саммиты в Авазе были отмечены важными инициативами Президента Шавката Мирзиёева, призванными сделать наш обширный регион мирным, безопасным и экономически сильным, а Содружество Независимых Государств – пространством доверия и общего развития. Следующий саммит СНГ состоится в Узбекистане.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #41166 2.49K
❗️❗️❗️❗️❗️

⚠️ Andijon viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun navbatdagi tanlov e’lon qilinadi!

📝 Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

❗️ Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

✔️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:

🔴 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar va ayollar;

🔴 doimiy yashash joyi bo‘yicha Andijon viloyati hududida ro‘yxatda turgan;

🔴 harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);

🔴 yoshi 18 yoshdan kichik va 35 yoshdan katta bo‘lmagan;

🔴 bo‘yi 165 (erkaklar) santimetrdan past bo‘lmagan; (175 smdan past bo‘lmaganlar uchun patrul-post xizmatiga)

🔴 bo‘yi 160 (ayollar) santimetrdan past bo‘lmagan;

🔴 O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylari bitiruvchilari;

🔴 Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;

🔴 Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rinlar) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;

🔴 xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.

📢 Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Joriy yilning 3-oktyabr kunidan 12-oktyabr kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.

⚠️ Qo‘shimcha ma’lumotlarni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari, boshqa ommaviy axborot vositalari yoki 74-299-11-88 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

👉 Eslatma: Har bir nomzod ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, test sinovlariga huquqshunoslik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha o‘qib tayyorgarlik ko‘rib turishlari lozim bo‘ladi.

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41165 2.08K
❗️❗️❗️❗️❗️

⚠️ Andijon viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash bo‘linmalarida boʻsh boʻlgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi.

❗️ Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-mart kunidagi 114-sonli buyrugʻi talablari asosida tashkil etiladi.

✔️Xizmatga tanlov asosida, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

📝 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

🔴Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkaklar va ayollar;
🔴doimiy yashash joyi boʻyicha Andijon viloyati hududida roʻyhatda turishi;
🔴nomzodlar ishga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi;
🔴yoshi 18 yoshdan kichik va 35 yoshdan katta boʻlmasligi;
🔴boʻyining uzunligi 175 (bir yuz yetmish besh)  santimetrdan, ayol nomzodlar uchun 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past boʻlmasligi;
🔴maʼlumoti jihatdan Oliy maʼlumotga ega boʻlishi.

📢 Oʻtkaziladigan tanlov tadbirlari:

🔵dastlabki oʻrganish (boʻy uzunligi va hujjatlarning muvofiqligi oʻrganiladi);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
🔵Test sinovi (nomzodlarning O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini baholash);
🔵Jismoniy tayyorgarlik holatini baholash;
🔵Tibbiy ko‘rik va maxsus tekshiruv;

❗️Lavozim faoliyatining asosiy yoʻnalishi va vazifalari:

🏛Qoʻriqlanadigan obyektlar, hududlar va mol-mulklarni noqonuniy tajovuzlardan ishonchli himoya qilish, qoʻzgʻalmas postlar va belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xizmat oʻtab, obyekt hududida nazorat-oʻtkazish tartibini taʼminlash, kirish-chiqishni hamda ichki rejim qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va sodir etilgan holatlarga tezkor choralar koʻrishni taʼminlash, shuningdek, tabiiy yoki texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor xabar berish, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish hamda obyekt xavfsizligini taʼminlash ishlarida ishtirok etishdan iborat.

🌎 Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.

🗓 Roʻyhatdan oʻtish muddati 2026-yilning 3-oktyabr kunidan 12-oktyabr kuniga qadar.

⚠️ Eslatma: kb.iiv.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida telegram botga a’zo bo‘lganizdan so‘ng qayta kb.iiv.uz saytiga kirib hujjatlaringizni tasdiqlash va yuborish talab qilinadi.

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41155 1.47K
Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tomonidan Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shaxsiy tarkibining xizmat faoliyati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar manzilli o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi
Batafsil o'qing👈
————————
Андижон вилояти ИИБ бошлиғи, полковник Абдумажид Шермухамедов томонидан Тезкор вазифаларни бажарувчи сафарбар отряди шахсий таркибининг хизмат фаолияти ва улар учун яратилган шарт-шароитлар манзилли ўрганилиб, масъулларга тегишли топшириқлар берилди
Батафсил ўқинг 👈

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41154 1.82K
#kun_fotosi #кун_фотоси

Kelajak posbonlari — bugundan jasorat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanmoqda!

Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bolajonlarga unitilmas quvonch ulashilmoqda.
—————
Келажак посбонлари — бугундан жасорат ва Ватанга садоқат руҳида тарбияланмоқда!

Андижон вилояти ИИБ ҳузуридаги Қўриқлаш хизмати ходимлари томонидан болажонларга унитилмас қувонч улашилмоқда.

📍Andijon viloyati Andijon shahar
📍Андижон вилояти Андижон шаҳар

🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Post #41153 1.75K

Forwarded from IIV | Rasmiy kanal

Matbuot anjumani: Ichki ishlar vazirligining oʻtgan toʻqqiz oydagi xizmat faoliyati natijalari va ustuvor vazifalari ommaviy axborot vositalari ishtirokida sarhisob qilindi
———
Матбуот анжумани: Ички ишлар вазирлигининг ўтган тўққиз ойдаги хизмат фаолияти натижалари ва устувор вазифалари оммавий ахборот воситалари иштирокида сарҳисоб қилинди


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Post #41152 1.84K

Forwarded from IIV | Rasmiy kanal

Internetdagi diniy axborotlarga aldanmang — ishonchli manbani tanlang!

“MEZON” platformasining @dinuzbbot — “Xavfsiz bot” xizmati orqali taqiqlangan kontent va shubhali profillarni tekshirish, diniy savollarga murojaat yuborish, ishonchli diniy-maʼrifiy maʼlumotlar hamda dolzarb yangiliklardan foydalanish mumkin.

Axborotni tekshiring, ishonchli manbalarga tayaning! — @dinuzbbot

Mezon Telegram | Mezon Instagram | Mezon YouTube | Mezon Bot
———
Интернетдаги диний ахборотларга алданманг — ишончли манбани танланг!


“MEZON” платформасининг @dinuzbbot — “Xavfsiz bot” хизмати орқали тақиқланган контент ва шубҳали профилларни текшириш, диний саволларга мурожаат юбориш, ишончли диний-маърифий маълумотлар ҳамда долзарб янгиликлардан фойдаланиш мумкин.

Ахборотни текширинг, ишончли манбаларга таянинг! — @dinuzbbot

Mezon Telegram | Mezon Instagram | Mezon YouTube | Mezon Bot
Older posts →

About this channel

How can I read @andviliib without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Andijon IIB | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Andijon IIB | Rasmiy kanal have?
Andijon IIB | Rasmiy kanal (@andviliib) has 12.6K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Andijon IIB | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →