🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
Andijon davlat universiteti rahbariyatining ota-onalar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda
Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida rahbariyat va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Kimyo va biologiya hamda Huquq-iqtisod fakultetlarining birinchi bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlarda universitet rahbariyati, fakultet mas’ullari va ota-onalar ishtirokida talabalarning yangi ta’lim muhitiga moslashuvi, darslarga qatnashishi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida ota-onalarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, mas’uliyatini oshirish, universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar universitet va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish, talabalar ta’lim-tarbiyasiga birgalikda mas’uliyat bilan yondashish hamda yoshlarning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Post #67191
3.02K










- ❤ 1