TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67174 3.08K
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijon davlat universiteti rahbariyatining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Bugun, 14-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Talantbek Madumarov mas’ullar ishtirokida Kimyo va biologiya fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalarning universitetdagi ta’lim jarayoniga moslashuvi, sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish hamda talabalik hayotini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalarining universitet muhitiga moslashuvi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi va universitet hayotida faol ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot davomida talabalarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, universitet profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, shuningdek, kiberjinoyatlar va internet firibgarliklaridan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Talabalarga huquqiy madaniyatni yuksaltirish, hushyorlikni oshirish hamda internetdan xavfsiz foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar talabalar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
More from @adu_uz
  1. Oct 14, 2026🇺🇿🇧🇾 АДУ талабалари халқаро таълим дастури доирасида Беларусда Айни кунларда Андижон д…
  2. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ❗RASMIY OGOHLANTIRISH Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliy…
  3. Oct 14, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🇺🇿🇧🇾ADU talabalari xalqaro ta’lim dasturi doirasida Belarusiyada…
  4. Oct 14, 2026🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ ADUda “Qizlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida tantanali tadbi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →