Bir ustoz dasturchi bor. Dinozavr deb laqab qo'yib olganmiz. O'zi ham adashmasam ENIAC davridan buyon shu soha ichidalar)
Men ulardan eng yaxshi o'rgangan narsa yuqori emas balim quyi dasturlash tillariga qiziqish bo'ldi. Azaldan assemblerda bir balolar qilib yurardilar. Keyinchalik men ham shu baloga qiziqdimu tarbiya rasvo bo'ldi. Quyi qisimga tushgan sari odam o'zining aslida qanchalik dumbul ekanini payqab borar ekan.
Men dasturchiman deb yurganlarning ko'plarini kuzataman, terminologiya masalasida lyuboyiga dam beradi. Lekin oddiy hexni kompyuter qanday o'qishi haqida so'rasangiz lom-mim ham chiqmaydi.
Ayniqsa sohaga yangi kirib kelganlarda bir odat bor. Googlega kirishadida "Best programing languages" deb, izlash natijalaridagi eng birinchidagisini o'zganishni boshlaydi. Yoki ko'plab o'quv markazlar ham marketingda aynan shundan foydalanadi. Qo'pol qilib aytganda yangi avlod dasturchilar lego konstruktorga o'xshab qolingan. Tayyor kutubxonalarni bir joyga yig'ib klientga nimadir qilib berishga harakat qilinadi xolos. Aslida esa mijozdan kelgan yangi ish bu har safargi yangi tajribalar hisoblanadi. Qanchalik bardak chiqmasin boshlang'ich holatda 0dan yozishga harakat qilish kerak.
Qolgan masalalarda esa eski tillar haqida unutmaslik tarafdoriman. Masalan assembler deyarli 70 yoshga kirayotgan bo'lsada hozirgacha aktual hisoblanadi, Cni qanchalik yomon ko'rmang deyarli barcha dasturlash tillari otasi sifatida qolaveradi. Siz delphi ustidan kulayotgan paytda u eng tezkor dastur yaratish bo'yicha eng maqbul variant nomi bilan qoladi. (Sobiq delphichilar buni juda yaxshi tushunishadi)
Yana bir holat, aynan biz bugun eskilik sarqiti deydigan dasturlash tillari kompyuter erasini rivojlantirgan, dinozavr deb laqab qo'yilgan dasturchilar esa bugungi dasturchilar uchun juda ajoyib zamin yaratib berishgan. Shular sharofati bilan hech yo'q 10 odamdan bittasi dasturlash nima ekanidan bugun xabardor. Bu esa yangi dasturchilar uchun erkin iqtisod degani.
Falon til zo'r, boshqasi "Gavno" degan sporlarga kirishishdan oldin ham avval o'sha tanqid qilayotgan tilda hech yo'q "Hello world" dasturchi yozib ko'rish kerak. Masalan ko'pchilikga PHP desangiz o'zicha hate boshlaydi. Lekin web bozori uchun hozircha phpdan boshqa chuqur sayqallangan til mavjud emas. Jumdalan bu tildan boshqa eng yaxshi support qilinadigani ham yo'q.
Asosiy quyi qismga qaytadigan bo'lsak, u sizning kompyuter haqidagi qarashlaringizni batamom o'zgartirib yuboradi. Aslida bu qism murakkab emas, shunchaki dangasalar bunga toqatsiz xolos.
Robototexnikada ham ayni shunday holat mavjud. Adashib dilbuzarni yoqsangiz arduinoda githubdan olingan kodni build qilgan bolani maqtashayotgan bo'ladi. Ular tilidagi yosh olimdan OM qonuni haqida so'rasangiz miyyada zamikayniya bo'ladi. Bunda ham asosiy sabab quyi qism o'rganilmasligi va o'rgatilmasligida. Hattoki Toshkentdagi mashhur bir robototexnika o'qitadigan markazmi bilaman, o'qituvchilari triod qanday ishlashini bilmaydi (Antireklama bo'lmasligi uchun nomini yozmadim).
Bu sohada avvalo bolani miyyasini achitib analog qismni o'rgatish kerak, bir dunyo sxemalarni bola terib ko'rgach mana shuni microcontrollerga 4 qator kod bilan tushuntirsang shu vazifani barajara oladi deyish kerak keyinchalik. Shunda bola ikki tomonlama o'rganadi.
Biz shu narsalarni bilmaganimiz uchun ham yaponlardek bu sohada o'zgarish qila olmaymiz, yevropadek ixtirolar patentlanmaydi bizda. Ta'lim bizda biznes modelga aylanib bo'lgan, self educationni esa hazm qilmaymiz.
@yetimdasturchi
Post #896
4.38K
- 👍 41
- ❤ 1
- 👎 1