TGViewer
Yetim dasturchi kundaligi Yetim dasturchi kundaligi @yetimdasturchi · 34.9K subscribers
Post #3746 5.1K
Bizning xalq olimlarga ergashmaydi. Chunki olimlarning bitta katta muammosi bor ular haddan tashqari aqlli. Bizning odamlarga esa aql negadir unchalik jozibali tuyulmaydi. Aqllilarni na kundalik hayotda, na ishxonada uncha xushlashadi. Qizlar ham kitobdan bosh ko‘tarmaydigan yigitlarni ko‘rib hushidan ketmaydi, ularning to‘shagiga o‘zini otmaydi. Ba’zan shu botaniklar qanday qilib naslini davom ettirayotganiga hayron qolaman.

Ustiga-ustak, olimlarning nima qilayotganini tushunishning o‘zi alohida masala. Bugungi ilm-fan, shubhasiz, mo‘jizalar yaratyapti. Lekin ko‘pchiligimiz bu mo‘jizalarning qanday yaratilishini ham, natijasi nimani anglatishini ham tushunmaymiz.

Kollayderni yoqdik, ikkita bozonni to‘qnashtirdik, natijada erkin neytrino hosil bo‘ldi. Zo‘r! Lekin aksariyatimiz uchun bu xuddi shahzoda Ivan qurbaqani o‘pdi, qurbaqa esa malikaga aylandi degan ertakdek eshitiladi. Nimadir g‘aroyib ish sodir bo‘lgani aniq, lekin bundan menga qanday foyda tushunarsiz.

Shuning uchun Shvetsiyada moddaning topologik fazalarini kashf etganlik uchun millionlik Nobel mukofoti topshirilayotganini ko‘rsang, o‘zingni egasining shaxmat o‘ynashini kuzatayotgan itdek his qilasan, muhim bir ish bo‘layotganini sezasan, lekin nimaligini tushunmaysan. Insoniyat oldinga ketayotganidan xursandsan, ammo bu taraqqiyotga qo‘sha oladigan yagona hissang dumingni likillatish.
  • ❤ 77
  • 😁 40
  • 🔥 35
  • 👍 16
  • 😢 4
More from @yetimdasturchi
  1. Sep 23, 2026Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kera…
  2. Sep 22, 2026Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan…
  3. Sep 14, 2026Startup g'oyalarni rahmatli qiladigan eng legendalaridan: - Word excel va kompyuterni yaxs…
  4. Sep 14, 2026- Opa men rezyume va portfoliomga qara qanaqa bilim va katta loyihalar turipti? - Yaxshi k…
  5. Sep 13, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  6. Sep 12, 2026— Blackberry ishqibozi uchun eng yaxshi sovg'a nima? — Yangi Blackberry sovg'aga olishda.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →