TGViewer
Channel Public Channel
Yetim dasturchi kundaligi

Yetim dasturchi kundaligi

@yetimdasturchi

Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir.

https://manu.uz/
https://diary.manu.uz/

Bog'lanish uchun: @yetim_robot
Subscribers
34.9K
Photos
2K
Videos
215
Links
580
Recent Posts 14 shown
Post #3749 2.79K
Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kerak 🙃

Bunday o‘xshatishdan boshlaganim bejiz emas. Katta loyihani boshlashdan oldin odatda birinchi savollardan biri “qancha vaqtda bitadi?” bo‘ladi. Masalan 9 oy desangiz, albatta kimdir “unda 9 ta odam qo‘shsak, bir oyda bitadimi?” deb so‘raydi. Bu xuddi 9 ta homilador ayolni olib kelsak, bolani bir oyda tug‘dirib bera olasizlarmi? degandek. Bunday paytda odatda tabassum qilib, ishni davom ettirish kerak.

Chunki katta loyihalarda vaqtning hammasi kod yozishga ketmaydi va muddat o‘sha rejalangan kunga borib qoladi. Ba’zan bir necha qator kodning ortida kunlab eksperiment qilish, dokumentatsiya o‘qish, yangi narsalarni o‘rganish, turli yechimlarni sinab ko‘rish, xato qilish, qaytadan boshlash va oxirida hammasini barqaror ishlaydigan holatga keltirish yotadi.

Dasturchilar orasida bir dasturchi bir oyda qiladigan ishni ikki dasturchi ikki oyda qiladi degan gap bor. Hazil, albatta. Lekin gap tagida muhim haqiqat bor, odam sonini ko‘paytirish har doim ham muddatni qisqartirmaydi. Ba’zan aksincha kommunikatsiya, koordinatsiya va bir birining ishiga moslashishning o‘zi qo‘shimcha vaqt talab qiladi.

Xullas, bu muddatning katta qismi aynan shunday jarayonlar bilan o‘tdi. O‘rganish, eksperimentlar, ishlamagan variantlar, qayta yozishlar, debug va yana debug... Shunga qaramay, ortga qarab hisoblasam, natijada 230 ming qatordan ortiq multi stack kod yig‘ilibdi. Bugun esa nihoyat oxirgi deployni qildim. Albatta, buni mutlaq oxirgisi deb bo‘lmaydi. Hali ko‘zga tashlanmagan kamchiliklar bor, ishlatish jarayonida yangi xatolar chiqishi va ular uchun yana bugfixlar qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhandislikda tamom degan so‘zning o‘zi nisbiy. Lekin eng asosiysi hozir yelkadan bir tog‘ ag‘darilgandek. Shuncha oy arxitektura, kod, eksperiment, debug, nega ishlamayapti?, endi nega ishlayapti?lardan keyin tizim nihoyat productionda.

Menimcha bugungi deploydan keyin relif mazdan surib potolokka qarab tirjayib uxlasam bo‘ladi. Uxlashdan avval kimdir yelkalarimni massaj qilib qo'ysayam yo'q demasdim))
  • 😁 42
  • 👍 17
  • ❤ 7
  • 🐳 3
  • 🔥 2
Post #3747 3.14K
Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan olishsa kerak.

Robot korpusiga qarab kelgan fikrlar:

- Откуда этот шрам?
- Это не шрам, а п*зда!
  • 😁 52
  • ❤ 7
  • 🔥 2
  • 👎 1
Post #3746 5.14K
Bizning xalq olimlarga ergashmaydi. Chunki olimlarning bitta katta muammosi bor ular haddan tashqari aqlli. Bizning odamlarga esa aql negadir unchalik jozibali tuyulmaydi. Aqllilarni na kundalik hayotda, na ishxonada uncha xushlashadi. Qizlar ham kitobdan bosh ko‘tarmaydigan yigitlarni ko‘rib hushidan ketmaydi, ularning to‘shagiga o‘zini otmaydi. Ba’zan shu botaniklar qanday qilib naslini davom ettirayotganiga hayron qolaman.

Ustiga-ustak, olimlarning nima qilayotganini tushunishning o‘zi alohida masala. Bugungi ilm-fan, shubhasiz, mo‘jizalar yaratyapti. Lekin ko‘pchiligimiz bu mo‘jizalarning qanday yaratilishini ham, natijasi nimani anglatishini ham tushunmaymiz.

Kollayderni yoqdik, ikkita bozonni to‘qnashtirdik, natijada erkin neytrino hosil bo‘ldi. Zo‘r! Lekin aksariyatimiz uchun bu xuddi shahzoda Ivan qurbaqani o‘pdi, qurbaqa esa malikaga aylandi degan ertakdek eshitiladi. Nimadir g‘aroyib ish sodir bo‘lgani aniq, lekin bundan menga qanday foyda tushunarsiz.

Shuning uchun Shvetsiyada moddaning topologik fazalarini kashf etganlik uchun millionlik Nobel mukofoti topshirilayotganini ko‘rsang, o‘zingni egasining shaxmat o‘ynashini kuzatayotgan itdek his qilasan, muhim bir ish bo‘layotganini sezasan, lekin nimaligini tushunmaysan. Insoniyat oldinga ketayotganidan xursandsan, ammo bu taraqqiyotga qo‘sha oladigan yagona hissang dumingni likillatish.
  • ❤ 77
  • 😁 40
  • 🔥 35
  • 👍 16
  • 😢 4
Post #3745 6.21K
Yetim dasturchi kundaligi - Opa men rezyume va portfoliomga qara qanaqa bilim va katta loyihalar turipti? - Yaxshi kundalikni qanchon to'ldirib berasan)) Uyingda bitta o'qituvchi bo'lsayam sening eng yaxshi dasturchi ekaning bir tiyinga qimmat. Ular uchun eng yaxshi "kompyuterchi"…
Startup g'oyalarni rahmatli qiladigan eng legendalaridan:

- Word excel va kompyuterni yaxshi bilasanu konspektlar qilib sotsang bo'lmaydimi?)
  • 😁 118
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #3744 6.08K
- Opa men rezyume va portfoliomga qara qanaqa bilim va katta loyihalar turipti?
- Yaxshi kundalikni qanchon to'ldirib berasan))

Uyingda bitta o'qituvchi bo'lsayam sening eng yaxshi dasturchi ekaning bir tiyinga qimmat. Ular uchun eng yaxshi "kompyuterchi" nomi bilan qolaverasan va kundalik to'ldirish bilan umring o'tadi 😄
  • 😁 118
  • ❤ 8
  • 👍 5
  • 🔥 2
Post #3743 6.08K
Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 10$ evaziga olish mumkin. (Ishonchli to'lovni obuna muvaffaqiyatli olingandan keyin qilasiz, xohlasangiz.)

‼️ Linklar soni atigi 15 ta qoldi.

Obuna sizning rasmiy Google akkauntingizga olinadi.

Google AI tarkibida:

• Gemini Pro

• Video yaratish • Rasm yaratish

• Coding • Antigravity

• 5 TB bulutli xotira • +20 Imkoniyatlar


Olib berish narxi bir martalik 10$. To'lovni obuna muvaffaqiyatli olinganidan keyin qilishingiz mumkin.

Kimga kerak bo'lsa @javohircoder ga «Gemini PRO» deb yozing.
  • 👎 94
  • 😁 13
  • ❤ 8
  • 🔥 8
  • 👍 3
Post #3742 5.31K
— Blackberry ishqibozi uchun eng yaxshi sovg'a nima?
— Yangi Blackberry sovg'aga olishda.

Bunaqa qirilmagan, chizilmaganini qayerdan olishdi bilmadim. Lekin bu telefonni gashti boshqacha. Ovoz sifatini bilgan biladi. Bekorga hozirgacha bozorda eng yaxshi android smartfon narxiga teng emas.

Kolleksiyaga endi bitta classic va 950 seriya yetishmayapti xolos.
  • 👍 37
  • ❤ 13
Post #3741 5.1K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 😁 30
  • 😢 3
Post #3740 5.2K
Yetim dasturchi kundaligi Menov qovunlaridan keyin 1Passwordni delete qilishga qaror qildim. Chrome extension storageda 1Password parollari ochiq turipti 😏
In This Shirthe Irrepressibles
Bu kecha endi naushnikda baland qilib shu qo'shiqni eshitib yotaman
  • 🔥 5
Post #3739 5.85K
Menov qovunlaridan keyin 1Passwordni delete qilishga qaror qildim.

Chrome extension storageda 1Password parollari ochiq turipti 😏
  • 😁 31
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #3737 7.61K
Yetim dasturchi kundaligi Админ: Выделил 8 vCPU под Asterisk. Asterisk: Спасибо, я еврей. Одного пока хватит, зачем переплачивать? 😄 Serverda call center uchun asteriskni gulini guliga qo'yib sozlasa butun respublika uchun javob beradigan raqamga shunaqa past resurs ishlatsa bo'ladi.
Har reuqestda qayta bootstrap qilishdan voz kechilsa ham phpda yaxshi narsalar qilsa bo'ladi.

Asosiysi memoryni qo'lda boshqarishga erinmasangiz bo'ldi.
  • 👍 16
  • ❤ 4
  • 🔥 2
Post #3736 6.03K
Админ: Выделил 8 vCPU под Asterisk.
Asterisk: Спасибо, я еврей. Одного пока хватит, зачем переплачивать? 😄

Serverda call center uchun asteriskni gulini guliga qo'yib sozlasa butun respublika uchun javob beradigan raqamga shunaqa past resurs ishlatsa bo'ladi.
  • 👍 34
  • 🔥 5
  • 😁 2
  • ❤ 1
Post #3735 7.59K
Bazan ma'lum voqeliklar ham qayg'uli, ham xursand qiladigan bo'lishi mumkin.

Bir vaqtlar onamga eng yaxshi muhandislardan biri bo'laman deb va'da bergandim. I meni o'qib o'rganishimdayam onam juda ko'p qo'llagan. Hech qachon kasbni majburiy tanlashim yoki qiziqishimdan tashqari narsalar qilishimga harakat qilamagan. Tug'ilgan kunim yoki boshqa kunlardagi sovg'alardayam turli instrumentlar yoki qiziqarli kitoblar berishga harakat qilardi. Albatta uyda o'qib o'rganish borasida judayam qattiq kontrol bo'lgan menda. Har kuni bugun nimani o'rganding, nima yangilik olding degan savol javob bo'lgan. Yoki menga bu narsani o'rganishimga falon mutaxasis maslahati kerak desamam u odamlar qanchalik injiq yoki odamovi bo'lmasin ko'ndirishga majbur qilgan. Shu sababli ham men ko'plab ustozlarimning hayotidagi yagona va bazan oxirgi shogirtiman.

Men uchun birinchi ustozlikniyam onam qilgan. Maktabga bormasimdanoq musiqa, etika, turli xalqlar madaniyati, fors adabiyoti yoki shunga o'xshash o'z sohamdan tashqari ammo kerakli vaziyatlarniyam doim o'rgatgan. Eng asosiysi ishimda doim kerak bo'ladigan hand made asoslaridan biri edi.

Sohamni atrofimdagi juda ko'p odamlar tushunmasdan, nimaligini anglamasdan turgan vaqtda qancha muvaffaqiyatsizliklar bo'lsayam doim qo'llagan.

Bazan o'zi nega harakat qilishim kerak degan savolni o'zingga berib turgan joyingdayam shoshma sen unga eng yaxshilaridan biri bo'laman degan vadang turipti oldingda degan o'y seni ushlab turishi mumkin.
  • ❤ 103
  • 🔥 25
  • 👍 18
  • 😢 5
Post #3730 8.07K
Falcon Academy — kiberxavfsizlikni amaliy o‘rganish platformasi

Kiberxavfsizlikni faqat nazariy jihatdan emas, real amaliy topshiriqlar orqali o‘rganishni istaysizmi?
Falcon Academy platformasida orqali turli zaifliklarni aniqlaysiz, amaliy vazifalarni bajarasiz va kiberxavfsizlikda qo‘llaniladigan haqiqiy vositalar bilan ishlaysiz.

Platforma sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 Offensive Security (hujumkor xavfsizlik) va Defensive Security (himoyaviy xavfsizlik) yo‘nalishlarini o‘rganib, olgan bilimlaringizni amalda sinab ko‘rasiz.
🔹 Har bir bo‘lim bo‘yicha nazariy testlar va amaliy topshiriqlarni bajarasiz.
🔹 Har bir bo‘limni muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng sertifikat (bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlovchi hujjat) olasiz.
🔹 Kiberxavfsizlikni to‘g‘ri ketma-ketlikda o‘rganishingiz uchun sizga maxsus Roadmap (yo‘l xaritasi) taqdim etiladi.
🔹 Turli yo‘nalishlar bo‘yicha 200 dan ortiq laboratoriya (amaliy mashg‘ulot muhiti) orqali bilim va ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz.

🚀 Nazariyani amaliyot bilan birlashtiring, zaifliklarni aniqlashni o‘rganing va kiberxavfsizlik sohasidagi ilk qadamingizni bugunoq qo‘ying!

💻 Kiberxavfsizlikni amalda o‘rganish uchun: www.falcon-academy.uz

❤ Telegram @falconacademyuz
  • 😁 11
  • 🐳 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @yetimdasturchi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Yetim dasturchi kundaligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Yetim dasturchi kundaligi have?
Yetim dasturchi kundaligi (@yetimdasturchi) has 34.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Yetim dasturchi kundaligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →