Bazan ma'lum voqeliklar ham qayg'uli, ham xursand qiladigan bo'lishi mumkin.
Bir vaqtlar onamga eng yaxshi muhandislardan biri bo'laman deb va'da bergandim. I meni o'qib o'rganishimdayam onam juda ko'p qo'llagan. Hech qachon kasbni majburiy tanlashim yoki qiziqishimdan tashqari narsalar qilishimga harakat qilamagan. Tug'ilgan kunim yoki boshqa kunlardagi sovg'alardayam turli instrumentlar yoki qiziqarli kitoblar berishga harakat qilardi. Albatta uyda o'qib o'rganish borasida judayam qattiq kontrol bo'lgan menda. Har kuni bugun nimani o'rganding, nima yangilik olding degan savol javob bo'lgan. Yoki menga bu narsani o'rganishimga falon mutaxasis maslahati kerak desamam u odamlar qanchalik injiq yoki odamovi bo'lmasin ko'ndirishga majbur qilgan. Shu sababli ham men ko'plab ustozlarimning hayotidagi yagona va bazan oxirgi shogirtiman.
Men uchun birinchi ustozlikniyam onam qilgan. Maktabga bormasimdanoq musiqa, etika, turli xalqlar madaniyati, fors adabiyoti yoki shunga o'xshash o'z sohamdan tashqari ammo kerakli vaziyatlarniyam doim o'rgatgan. Eng asosiysi ishimda doim kerak bo'ladigan hand made asoslaridan biri edi.
Sohamni atrofimdagi juda ko'p odamlar tushunmasdan, nimaligini anglamasdan turgan vaqtda qancha muvaffaqiyatsizliklar bo'lsayam doim qo'llagan.
Bazan o'zi nega harakat qilishim kerak degan savolni o'zingga berib turgan joyingdayam shoshma sen unga eng yaxshilaridan biri bo'laman degan vadang turipti oldingda degan o'y seni ushlab turishi mumkin.
Post #3735
7.6K

- ❤ 103
- 🔥 25
- 👍 18
- 😢 5