TGViewer
Yetim dasturchi kundaligi Yetim dasturchi kundaligi @yetimdasturchi · 34.8K subscribers
Post #3752 2.02K
C qiziquvchanlikni o‘ziga xos tarzda mukofotlaydi. Tilni qanchalik chuqur bilsangiz, noto‘g‘ridek ko‘rinadigan, lekin mutlaqo valid bo‘lgan kod yozish shunchalik osonlashadi. Tashqaridan qaraganda noto‘g‘ridek. Compilerga esa baribir hammasi OK.

Masalan bu kichik misolda bir nechta cursed C usullari bir joyga yig‘ilgan:

— 2[a] - a[2] bilan bir xil, chunki a[b] aslida *(a + b) sifatida ishlaydi. a + 2 bilan 2 + a pointer arifmetikasida bir xil manzilga olib boradi.

— case 'A' ... 'Z' - bu GCCning range extensioni. Compiler buni 'A' dan 'Z' gacha bo‘lgan qiymatlarni bitta case diapazoni sifatida qabul qiladi.

— switch(c) while(0) - switch body sifatida while statement ishlatilgan. switch mos case labeliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakragani uchun while(0) sharti boshida tekshirilmay qoladi va uning bodysi bajarilib ketadi.

— continue - switchga emas, eng yaqin loop bo‘lgan while(0)ga tegishli. continuedan keyin boshqaruv while shartiga qaytadi, 0 tekshiriladi va loop shu yerda tugaydi.

Xullas, C o‘zingizga muammo yaratish uchun yetarlicha erkinlik beradigan til.

P.S. Bu lo‘licha usullarni productionda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Compiler kechiradi, hamkasblar emas 😄
  • 👎 11
  • ❤ 7
  • 👍 5
  • 😁 4
  • 🔥 3
More from @yetimdasturchi
  1. Sep 25, 2026Бу хамма компанияда тез тез учраяпти. Янги кучадан келган одамни сухбат килиб олинади. Кат…
  2. Sep 23, 2026Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kera…
  3. Sep 22, 2026Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan…
  4. Sep 20, 2026Bizning xalq olimlarga ergashmaydi. Chunki olimlarning bitta katta muammosi bor ular hadda…
  5. Sep 14, 2026Startup g'oyalarni rahmatli qiladigan eng legendalaridan: - Word excel va kompyuterni yaxs…
  6. Sep 14, 2026- Opa men rezyume va portfoliomga qara qanaqa bilim va katta loyihalar turipti? - Yaxshi k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →