TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 151K subscribers
Post #10654 38.3K
⚡️2026-yil uchun “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi

✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi.

✅ Unga koʻra, jarayonalar 10 ta mezon asosida hamda ularning har biri Hakamlar hayʼati tomonidan 6 balldan (maksimal 60 ball), pedagoglarning ovoz berish yoʻli orqali 4 balldan (maksimal 40 ball) baholanadi (jami: maksimal 100 ball).

Baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

➖ Dars maqsadlarining toʻgʻri qoʻyilishi va ularga erishilganligi;

➖ Dars tuzilishi, izchilligi va vaqtning toʻgʻri taqsimlanganligi;

➖ Oʻquv-metodik taʼminot, AKT va interaktiv vositalardan foydalanilganligi;

➖ Zamonaviy pedagogik usullar va noanʼanaviy yondashuvlar (5E, 3S+1E, inquiry-based, problem-based, project-based, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim) dars mavzusi, maqsadlari, oʻquvchilar auditoriyasiga mos va samarali tarzda qoʻllanilganligi;

➖ Mavzuni tushunarli, mantiqiy va ravon bayon etilganligi;

➖ Misollar keltirish, real hayot bilan bogʻlash va amaliy faoliyatni namoyon etilganligi;

➖ Oʻquvchilar faolligini boshqarish, diqqatini jalb qilish va teng imkoniyatlarni taʼminlash;

➖ Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish;

➖ Oʻquv muhitini xavfsiz va ijobiy ruhda tashkil etish, tarbiyaviy komponentlarning mavzu mazmuniga singdirilganligi;

➖ Baholash usullaridan foydalanish va doimiy konstruktiv qayta aloqani (feedback) taʼminlanganligi.

👉 Maʼlumot uchun: “Yil oʻqituvchisi” tanlovi Tashkiliy qoʻmitasining qaroriga asosan, tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-fevral kuni belgilangan umumtaʼlim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 18, 2026📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta…
  2. Oct 18, 2026Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining…
  3. Oct 17, 2026⭕️ Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar diqqatiga! Sinovtest.uz saytidagi na…
  4. Oct 17, 2026Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan “sakrab” o‘tib bo‘lmaydi Sav…
  5. Oct 16, 2026❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr…
  6. Oct 16, 2026⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →