TGViewer
UZSTAT | Rasmiy kanal UZSTAT | Rasmiy kanal @uzstataxborot · 9.2K subscribers
Post #69503 919

Forwarded from Rasmiy axborot

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda nutq so‘zladi:

“Biz insoniyat tarixining murakkab bir davrida uchrashib turibmiz. Inqirozlar bir mintaqadan boshqalariga tarqalmoqda. Jinoyatchilikning shakli ham o‘zgardi: u chegaralarni oson kesib o‘tmoqda, yangi texnologiyalardan foydalanmoqda va unga qarshi kurash uchun yaratilgan tizimlardan-da ko‘ra tezkorlik bilan moslashuvchanligini namoyon etmoqda.

Ammo bu o‘zgarishlarning har biri ortida ko‘z yumib bo‘lmaydigan oddiy haqiqat — Inson taqdiri turibdi. Bu — uning asoratini o‘z boshidan kechirgan oila. Internetda ekspluatatsiyaga uchragan bola. Dardini aytsa, sukut saqlaganidan ko‘ra og‘irroq oqibatlarga duch kelishidan qo‘rqib, uzoq vaqt jim yashagan ayol. O‘zini himoya qilishi lozim bo‘lganlarga ishonchini asta-sekin yo‘qotgan jamiyat.

Bugun biz mana shu mas’uliyat bilan ushbu zalda turibmiz. Jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov tushunchalari insonlardan yiroq, mavhum iboralar bo‘lib qolmasligi kerak. Ular har bir inson hayotiga kirib borishi lozim. Aks holda, hech qanday ma’nosi qolmaydi”.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • 👍 1
More from @uzstataxborot
  1. Sep 29, 2026💼 Бизнесни рўйхатга олиш ўзи нима? Бугун мамлакатда турли шаклда фаолият юритаётган иқтис…
  2. Sep 29, 2026⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz…
  3. Sep 29, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxma…
  4. Sep 28, 2026#эксперт_жавоби #интервью Бизнесни рўйхатга олишнинг аҳамияти нимада? — Миллий статистика…
  5. Sep 28, 2026Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам сборной…
  6. Sep 28, 2026🛫 Ўзбекистонликларнинг Туркияга сафарлари 16,8 фоизга ошди 🏢 Миллий статистика қўмитаси…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →