“Men bugun sizlarni ko‘proq muloqotga taklif qilaman. Bir narsani bilishlaring kerakki, investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak. Albatta, zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Biz yangi-yangi talablarga butun komandamiz bilan mos bo‘lish uchun bugun sizlarni ko‘proq eshitmoqchiman.
Bironta muammo bugun qolmasligi kerak. Hamma masalani hal qilishimiz kerak. Yutug‘imiz bor, lekin kamchiligimiz ham juda ko‘p. Shuning uchun endi xato qilishga haqqimiz yo‘q.
Biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lishimiz uchun hamma narsa ochiq bo‘lishi kerak, ayon bo‘lishi kerak, shaffof bo‘lishi kerak. Kelgusi yilga bu yil zamin yaratishimiz kerak”.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website