TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105158 991
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi

Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasini qurishda qariyb 200 million dollarlik mahalliy mahsulotlardan foydalandi. O‘tgan yili energetika sohasidagi investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatkichni 3–4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Ayni paytda yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 36
  • ❤ 10
  • 🔥 10
More from @uzreport_uz
  1. Oct 16, 2026Davlat rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqil…
  2. Oct 16, 2026Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muho…
  3. Oct 16, 2026Prezident “Aksa Enerji” kompaniyasi rahbarini qabul qildi Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-ener…
  4. Oct 16, 2026Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan bo‘lajak tadbirlar kun tartibin…
  5. Oct 16, 2026Shavkat Mirziyoyev BAA investorlarini qabul qildi Prezident Toshkent shahrida Yoqilg‘i-ene…
  6. Oct 16, 2026Prezident “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →