Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan bo‘lajak tadbirlar kun tartibini muhokama qildi
Davlat rahbari 16-oktabr kuni AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi, “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bo‘lajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi bildirildi.
Qisqa vaqt ichida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida taʼkidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #105181
514



- 👍 71
- 🔥 17
- ❤ 15