TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
UzReport.news

UzReport.news

@uzreport_uz

O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Subscribers
22.2K
Photos
90.3K
Videos
9.7K
Links
87.4K
Recent Posts 15 shown
Post #104680 1.95K
Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

PA rahbari ​O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodiligini ta'kidladi. U bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini aytdi.

Qayd etilishicha, ​bu boradagi sa’y-harakatlar manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

"​Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi",-deydi Mirziyoyeva.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 33
  • 🔥 10
  • ❤ 9
Post #104677 1.77K
Prezident Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan koʻp qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va “yashil” sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

“JDB Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
  • 👍 31
  • ❤ 11
  • 🔥 11
Post #104673 1.5K
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi

O'zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • ❤ 11
  • 🔥 10
  • 👍 5
Post #104671 1.5K
O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vazirini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefonda gaplashdi.

Prezident Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 32
  • 🔥 17
  • ❤ 10
Post #104669 1.57K
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida FIDEning "Taʼlimda shaxmat" xalqaro sammiti ham bo‘lib o‘tdi

Unda FIDE vakili Dana Reyzniyetse-Ozola pedagoglarni tayyorlash, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va milliy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtaldi.

Taʼlimda shaxmatni rivojlantirishga hissa qo‘shgan eng yaxshi loyihalar va tashkilotlar FIDEning maxsus mukofotlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uzreport_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UzReport.news: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UzReport.news have?
UzReport.news (@uzreport_uz) has 22.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UzReport.news know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →