TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.2K subscribers
Post #104671 1.64K
O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vazirini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefonda gaplashdi.

Prezident Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 32
  • 🔥 17
  • ❤ 10
More from @uzreport_uz
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlov FIDE’ning yangi prezidenti lavozimiga saylandi Samar…
  3. Sep 26, 2026Farg‘onada Turkiyadan tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi modda bo'lgan ozdiruvchi kofelar ol…
  4. Sep 26, 2026Osiyo o’yinlarining 5-kunida Shohsanam Sherzodova kanoeda eshkak eshish bo’yicha oltin med…
  5. Sep 26, 2026Namanganda 15 ta jinoyat fosh etilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi, bedarak yo‘qolga…
  6. Sep 26, 2026O’tkirbek Jo’rayev Osiyo o’yinlari sport gimnastikasi bahslarida oltin medalni qo'lga kiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →