TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.2K subscribers
Post #104677 2.13K
Prezident Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan koʻp qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va “yashil” sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

“JDB Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
  • 👍 31
  • ❤ 11
  • 🔥 11
More from @uzreport_uz
  1. Sep 27, 2026⚡️ Namangandagi voqea yuzasidan Prezident Administratsiyasi rahbari munosabat bildirdi O‘z…
  2. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  3. Sep 26, 2026Qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlov FIDE’ning yangi prezidenti lavozimiga saylandi Samar…
  4. Sep 26, 2026Farg‘onada Turkiyadan tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi modda bo'lgan ozdiruvchi kofelar ol…
  5. Sep 26, 2026Osiyo o’yinlarining 5-kunida Shohsanam Sherzodova kanoeda eshkak eshish bo’yicha oltin med…
  6. Sep 26, 2026Namanganda 15 ta jinoyat fosh etilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi, bedarak yo‘qolga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →