TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.2K subscribers
Post #104698 1.15K
⚡️ Namangandagi voqea yuzasidan Prezident Administratsiyasi rahbari munosabat bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojiaga munosabat bildirib, jinoyatga aloqador barcha shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilishi zarurligini ta’kidladi.

“Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.

Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.

Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.”

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 61
  • 👎 2
More from @uzreport_uz
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlov FIDE’ning yangi prezidenti lavozimiga saylandi Samar…
  3. Sep 26, 2026Farg‘onada Turkiyadan tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi modda bo'lgan ozdiruvchi kofelar ol…
  4. Sep 26, 2026Osiyo o’yinlarining 5-kunida Shohsanam Sherzodova kanoeda eshkak eshish bo’yicha oltin med…
  5. Sep 26, 2026Namanganda 15 ta jinoyat fosh etilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi, bedarak yo‘qolga…
  6. Sep 26, 2026O’tkirbek Jo’rayev Osiyo o’yinlari sport gimnastikasi bahslarida oltin medalni qo'lga kiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →