TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105178 1.09K
Shavkat Mirziyoyev BAA investorlarini qabul qildi

Prezident Toshkent shahrida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizga o‘sdi. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 60
  • ❤ 15
  • 🔥 14
  • 😁 1
More from @uzreport_uz
  1. Oct 17, 2026“X-factor O‘zbekiston” loyihasining to‘rtinchi mavsumi efirda! Minglab iste‘dod, bir orzu!…
  2. Oct 17, 2026Post #105200
  3. Oct 17, 2026Ish joylarida xavfsizlik va o‘zaro hurmatni ta‘minlash bo‘yicha milliy dastur ishga tushir…
  4. Oct 17, 2026Post #105198
  5. Oct 17, 2026UNICEF O‘zbekistonda bolalarni himoya qilishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni o…
  6. Oct 17, 2026Toshkentda avtobuslar uchun yana 4 yo'nalishda 18 kmlik alohida yo‘lak tashkil etiladi Poy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →