TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 21.9K subscribers
Post #105160 1.03K
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi

O‘zbekistonda energetika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash kengaytiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi.

Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa investorlarni ham xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashga jalb etish, jumladan, texnikumlarni boshqarishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 16
  • ❤ 9
  • 🔥 9
More from @uzreport_uz
  1. Oct 17, 2026Post #105205
  2. Oct 17, 2026Post #105204
  3. Oct 17, 2026Post #105203
  4. Oct 17, 2026Post #105202
  5. Oct 17, 2026“X-factor O‘zbekiston” loyihasining to‘rtinchi mavsumi efirda! Minglab iste‘dod, bir orzu!…
  6. Oct 17, 2026Post #105200
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →