Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Investorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Yangi kengash yer ajratishdan tortib, elektr tarmoqlariga ulanish, texnik shartlarni olish va obyektlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarda investorlar duch kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi. Bu tashabbus energetika loyihalaridagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, hamkorlikni yaxshilash va investitsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website