TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104792 1.2K
Prezident ustoz va murabbiylarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha pedagog xodimlarni samimiy tabrikladi.

"Bog‘cha va maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan har bir bola uchun bilimlar eshigi, mo‘jizalar olamini ochadigan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylar timsolida biz yangi shaxs, yangi avlod tarbiyachilarini ko‘ramiz.

Shu yo‘lda shogirdlariga ko‘z nuri, yurak qo‘rini berib mehnat qiladigan, o‘z kasbiga sodiq va jonkuyar bunday insonlar, hech shubhasiz, milliy pedagogikamizning oltin fondini tashkil etadi.

Men Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini aynan mana shunday fidoyi ustozlar faoliyatida, ularning kasb mahorati, qalb saxovatida ko‘raman.", deyiladi tabrikda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 71
  • ❤ 16
  • 🔥 9
More from @uzreport_uz
  1. Sep 30, 2026Davlat rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat M…
  2. Sep 30, 2026Prezident ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta‘lim sohasidagi yangi tashabbuslarni bel…
  3. Sep 30, 2026Oktabrdan sovutilgan mol va qo‘y go‘shti importi uchun har kilogrammiga 2,5 ming so‘mdan s…
  4. Sep 30, 2026O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi Endi pedagog…
  5. Sep 30, 2026100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi Yangi o‘quv yilidan boshlab 1…
  6. Sep 30, 2026Pedagoglarga 100 mln so‘mgacha mukofot va yangi imtiyozlar beriladi Prezident Shavkat Mirz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →