TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104783 1.63K
O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi

Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi.

Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida ham to‘xtaldi.

“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 25
  • ❤ 12
  • 🔥 11
  • 😱 1
More from @uzreport_uz
  1. Oct 2, 2026Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinani ustiga daraxt quladi Hodisa oqibatida hech ki…
  2. Oct 1, 2026Janni Infantino birinchi o‘qituvchisidan nimalarni o‘rgangan? O‘zbekistonga tashrif buyurg…
  3. Oct 1, 2026Aholiga ko‘mir yetkazib berishning yangi tartibi: tizimda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Yan…
  4. Oct 1, 2026FIDEning yangilangan reytingida O'zbekiston dunyoning eng kuchli 5 ta shaxmat davlati qato…
  5. Oct 1, 2026O‘zbekistonda 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda O‘qituvchilarning 72,5 foizi…
  6. Oct 1, 2026Ayrim ishdan bo'shatilgan xodimlarga muddatidan avval pensiya tayinlanadi Hukumat qarori b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →