TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104789 1.33K
Davlat rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

Suhbat avvalida FIFA Prezidenti O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari hamda mamlakatimizda sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali islohotlar natijalarini eʼtirof etdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh isteʼdodlarni kashf etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yo‘nalishlarida yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda FIFAning yirik turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 56
  • ❤ 13
  • 🔥 13
More from @uzreport_uz
  1. Sep 30, 2026Prezident ustoz va murabbiylarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi Prezident…
  2. Sep 30, 2026Prezident ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta‘lim sohasidagi yangi tashabbuslarni bel…
  3. Sep 30, 2026Oktabrdan sovutilgan mol va qo‘y go‘shti importi uchun har kilogrammiga 2,5 ming so‘mdan s…
  4. Sep 30, 2026O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi Endi pedagog…
  5. Sep 30, 2026100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi Yangi o‘quv yilidan boshlab 1…
  6. Sep 30, 2026Pedagoglarga 100 mln so‘mgacha mukofot va yangi imtiyozlar beriladi Prezident Shavkat Mirz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →