TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104785 1.53K
Prezident ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta‘lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Davlat rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

– O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma‘rifat quyoshi! – dedi Prezident.

Prezident ta‘limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘ini ekanini ta‘kidladi. Keyingi o‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod ta‘lim muassasasi zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Ayni paytda ta‘limda binolardan ham muhimroq masala – o‘qitish mazmuni va sifati ekani qayd etildi.

– Biz bolalarimizni paxta dalasidan – maktab partasiga, o‘qituvchilarni – ta‘lim jarayoniga qaytardik, – dedi davlat rahbari.

Kelgusi vazifalarga to‘xtalar ekan, Prezident maktab bitiruvchisi katta hayotga kasb va xorijiy tilni egallab chiqishi zarurligini ta‘kidladi. Maktab direktorlariga bu borada qo‘shimcha vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlar uchun sharoit yaratiladi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va ta‘lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta‘minlash bo‘yicha komissiya tuzilib, uch oy ichida yangi yechimlar e‘lon qilinadi.

Uchrashuvda oliy ta’limda «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili asosida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan qaror ham muhokama qilindi. Tizim kelasi yildan 75 ta, 2028 yildan barcha oliygohlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Korxonalar o‘z ehtiyojiga mos nomzodlarni o‘qitish uchun buyurtma beradi, ular suhbat asosida qabul qilinadi. Ishga olingan talabaga to‘langan maoshning yarmini davlat qoplaydi; ish va o‘qishda yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar ikkinchi
kursdan davlat granti asosida o‘qiydi.

Uchrashuv davomida pedagoglarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Yakunda Prezident ustozlarni yana bir bor kasb bayrami bilan tabriklab, ularga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tiladi.

– Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlash deganidir, – dedi davlat rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 40
  • ❤ 11
  • 🔥 9
More from @uzreport_uz
  1. Oct 1, 2026O'zbekistonda ko'krak bezi saratoniga qarshi kurashish oyligi boshlandi Bu yilgi “Pushti o…
  2. Oct 1, 2026Endi bo'lajak talabalarga birinchi yo'nalishda ham super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat…
  3. Oct 1, 2026Ish joyida tazyiq va zo'ravonlik ko'rganlarning yordam murojaati uchun alohida Portal ishl…
  4. Oct 1, 2026Pedofillarga 25 yil yoki umrbod qamoq, bolaga bee’tibor bo‘lganlarga ham jazo kuchaytirila…
  5. Oct 1, 20262-3 yashar bolasini oilaviy bogʻchaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan…
  6. Oct 1, 2026O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori alkogolsiz ichimliklarga ogohlantiruvchi yozuv qo‘yish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →