TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.2K subscribers
Post #4736 8.03K
Nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalariga 20 foiz chegirma!

“Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida nuroniylarning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20 foiz chegirma taqdim etiladi.

Mazkur imtiyozdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — nuroniy nafaqaxo‘rlar foydalanishlari mumkin.

Chegirma har yili quyidagi davrlarda amal qiladi:

🔹 2–8-oktabr — “Keksalar haftaligi”;
🔹 1–30-noyabr — “Keksalar uchun turizm oyligi”.

Imtiyoz barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga tatbiq etiladi. Tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi bundan mustasno.

Chegirmali chiptalarni onlayn tarzda hamda temir yo‘l chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.

Nuroniylarimizga maroqli sayohat tilaymiz!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • ❤ 4
  • 🤩 3
  • 🎉 2
More from @uzrailpassuz
  1. Oct 6, 2026SAVOLLARGA JAVOB Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan…
  2. Oct 6, 2026Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli b…
  3. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB ➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  4. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  5. Oct 4, 2026Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi ✅ Yo‘lovchilarga…
  6. Oct 1, 2026OSJD doirasida Varshavada Oʻzbekiston Temir yoʻllarining raqamlashtirish bo‘yicha tajribas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →