TGViewer
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ @uzrailpassuz · 17.2K subscribers
Post #4735 4.67K
SAVOLLARGA JAVOB

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shahar atrofi yo‘lovchi poyezdidagi xizmat ko‘rsatish sharoitlari yuzasidan savollarga javob.

🚆 Mazkur poyezd qanday toifadagi transport hisoblanadi?
“Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd shahar atrofi yo‘lovchi poyezdi bo‘lib, aholining kundalik transport ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiluvchi jamoat transporti hisoblanadi.

🎫 Yo‘l haqi qancha?
Aholiga transport xizmatidan maqbul narxda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida mazkur yo‘nalishda yo‘l haqi 15 000 so‘m etib belgilangan.

💺 Nima uchun chiptada o‘rindiq raqami ko‘rsatilmaydi?
Shahar atrofi poyezdlarida xizmat ko‘rsatish tartibiga muvofiq, yo‘l chiptasi muayyan o‘rindiqqa biriktirilmaydi va chiptada o‘rindiq raqami ko‘rsatilmaydi.

🚃 Yo‘lovchilar soni ko‘payganda qanday choralar ko‘riladi?
Yo‘lovchilar oqimi muntazam tahlil qilinadi. Talab yuqori bo‘lgan kunlarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida poyezd tarkibiga qo‘shimcha vagonlar biriktirilmoqda.

🔧Poyezddagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Xizmat ko‘rsatish sifatini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan:

➡️vagonlar ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan;

➡️vagonlarning ichki va tashqi holati muntazam ko‘zdan kechirilib, zarur ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda;

➡️kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sozligi ta’minlangan;

Shuningdek kelgusiga yoʻlovhialr qulayligi uchun yana yangi va zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish rejalashtirilgan. Misol tariqasida : EP3D — shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy elektropoyezd.

Ushbu EP3D elektropoyezdi 6 ta vagondan iborat bo‘lib, uning umumiy sig‘imi 1 154 nafar yo‘lovchini tashkil etadi. Shundan 586 nafari o‘rindiqlarda joylashishi mumkin.

Mazkur elektropoyezdda ham chipta aniq bir o‘rindiq uchun emas, yo‘nalish bo‘yicha safar qilish uchun xarid qilinadi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
  • ❤ 8
  • 👍 2
  • 🤩 2
More from @uzrailpassuz
  1. Oct 8, 2026Nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalariga 20 foiz chegirma! “Keksalar haftaligi” hamda “Kek…
  2. Oct 6, 2026Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli b…
  3. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB ➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  4. Oct 4, 2026SAVOLLARGA JAVOB 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida harakatl…
  5. Oct 4, 2026Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi ✅ Yo‘lovchilarga…
  6. Oct 1, 2026OSJD doirasida Varshavada Oʻzbekiston Temir yoʻllarining raqamlashtirish bo‘yicha tajribas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →